08 iyu 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 275. Markaziy jang ishtirokchilari Singapurda yuzma-yuz kelishdi + FOTO
Xabaringiz bor, 11 iyun kuni Singapurda navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni Glover Teysheyra davogar Irji Proxazkaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Singapurga etib kelgan bu ikki jangchi kecha o'zaro yuzma-kelishdi. CHempion Teysheyra davogardan 13 yoshga katta hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, oqshomning Co-main event jangida yana bir chempion Valentina SHevchenko o'z kamarini davogar Taila Santosdan himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar