02 iyu 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/221300_220.jpg)
UFC 277 kechasida og'ir vaznning TOP jangchilari o'zaro bahs olib borishadi
31 iyul kuni Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning asosiy kardiga navbatdagi ajoyib jang qo'shildi. Og'ir vazning beshinchi raqamli jangchisi Derrik Lyuis vazning o'n birinchi raqamli jangchisi Sergey Pavlovichga qarshi oktagonga ko'tariladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Lyuis so'nggi jangini Tai Tuivasaga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda mag'lub bo'lgandi.
Sergey Pavlovich esa oxirgi jangida SHamil Abduraximovni birinchi raundda mag'lub etishni uddalagan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar