31 dek 13:46
Yangiliklar
UFC 297 turniri bitta jangini yo'qotdi
Bu haqda oqshom ishtirokchilaridan biri Dominik Reyes xabar berdi. Aynan u uch haftadan keyin Torontoda o'tkaziladigan UFC 297 turnirida Karlos Ulbergga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
"Hammaga salom. 20 yanvar kungi jangim raqibimning jarohati sabab bekor bo'ldi. Ayni paytda jangni boshqa turnir kardiga ko'chirish haqida bosh qotiryapmiz. Ajoyib mashg'ulot lagerini o'tkazgandim. Afsuski, tayyorgarliklarim bekorga ketadigan bo'lyapti. Yaratganning rejalari boshqa ekan", - dedi yarimog'ir vaznda UFC kamariga sobiq davogar.
34 yoshli Reyes Jons Jonsga bahsli jangda yutqazganidan keyin yana ketma-ket uchta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U Yan Blaxovich, Irji Proxazka va Rayan Spennga imkoniyatni boy bergan edi. 33 yoshli Karlos Ulberg esa aksincha 5 ta g'alabali seriya bilan kemoqda.
Fikrlar