03 jan 09:49
Yangiliklar
UFC 299 turniridan o'rin olgan yana bir qiziqarli jang malum bo'ldi
Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan yana bir jang malum bo'ldi. Unda og'ir vazn toifasida AQSH vakili Kyortis Bleyds (17-4-0) braziliyalik Jailton Almeyda (20-2-0) bilan to'qnash keladi. Jang 3 raund etib belgilangan.
Bu haqda insayder Marsel Dorf xabar bermoqda.
Turnirning markaziy jangi eng engil vazn chempionligi uchun SHon O'Melli va Marlon Vera o'rtasida kechadi. Bundan tashqari, turnir doirasida Gilbert Byorns Jek Della Maddelena bilan, Petr Yan Song Yadong bilan jang qiladi.
Bleyds - Almeyda jangi aslida 2023 yilning 5 noyabr kuni Braziliyada o'tkazilishi kerak edi, ammo o'shanda Bleyds jarohati sabab jangga chiqa olmagan edi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Kyortis Bleyds so'nggi jangini 2023 yil aprel oyida Sergey Pavlovichga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq nokautga uchragandi. Uning tengdoshi Jailton Almeyda esa oxirgi jangini 2023 yil 5 noyabr kuni Derrik Lyuisga qarshi o'tkazgan va ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Fikrlar