26 sen 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/135644_220.jpg)
UFC 7 noyabr kungi oqshomning markaziy jangini elon qildi
UFC matbuot xizmati 7 noyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC kechasining markaziy jangida kimlar oktagonga ko'tarilishini elon qildi.
Kechaning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida UFC reytingining ikkinchi va to'rtinchi raqamli jangchilari - Tiago Santos va Glover Teysheyra o'zaro bahs olib boradi. Bahs Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, aslida bu jangchilar o'rtasidagi bahs 12 sentyabr kuni bo'lib o'tishi lozim edi, biroq Tiago koronavirusga chalinganligi sababli jang bekor qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar