30 iyu 08:44
Yangiliklar

UFC Bogdan Guskov uchun to'rt ehtimoliy raqib taqdim etdi
Yodingizda bo'lsa, yarim og'ir vaznli sportchi Bogdan 26 iyul kuni Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan UFC on ABC 9 turniri doirasida Rossiya/Ukraina vakili Nikita Krilov bilan jang qilib, birinchi raundda nokaut orqali zafar quchgandi.
UFC matbuot xizmati Guskov uchun keyingi raqiblar sifatida Volkan Ozdemir, Jamal Xill, Yan Blaxovich hamda Xalil Rauntri nomzodlarini keltirdi. Bogdan yodingizda bo'lsa, UFC`dagi debyut jangida SHveycariya sharafini himoya qiladigan asli turk Volkan Ozdemirga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'shanda hamyurtimiz qisqa muddatda jangni qabul qilgan edi.
Bogdanning o'zi g'alabasidan so'ng keyingi jangida istalgan raqibga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanini aytgandi.
Fikrlar