15 okt 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC bu yil Makgregor - Pore jangini o'tkazmaydi
MMA olami tomonidan intiqlik bilan kutilayotgan Konor Makgregor - Dastin Pore jangi joriy 2020 yilda o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Bu xabarni shaxsan UFC prezidenti Dena Uayt tasdiqladi.
"Bu yil hisobidan ushbu jangni tashkil etish uchun bo'sh sana topilmadi. SHanba oqshomlarining har birida chempionlik jangi bor. Albatta, Konor ham, Dastin ham jangning shu yilning o'zida o'tkazilish tarafdori. SHuni inobatga olib, biz ESPN telekanali bilan sana yuzasidan kelishishga harakat qildik. Lekin ular faqat eng yaqin sana sifatida 23 yanvarni bizga taklif etishdi", — deya Denaning so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Konor Makgregor Porega qarshi jang 12 dekabr kuni o'tkazilishini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar