26 jan 17:57
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni CHarlz Oliveyra Anvar Boynazarovning g'alabasiga munosabat bildirdi
Bundan bir necha kun oldin MMAchimiz Anvar Boynazarov LFA 121 turnirida amerikalik Jon Famni mag'lubiyatga uchratgandi.
Sportchimizning ushbu nokautli g'alabasi UFC Fight Pass tvitter akkauntining etiboridan chetda qolmadi. Akkauntda Boynazarov raqibini nokautga uchratgan vaziyat joylashtirildi.
Ushbu video ostiga esa UFCning engil vazn toifasi chempioni "What barrage!" ("Qanday barraj") deya munosabat bildirdi.
Malumot o'rnida, sportchi aynan bir nuqtaga berilgan ketma-ket zarbalariga "barraj" atamasi ishlatiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar