22 may 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC chempioni Pereyra nimaning evaziga raqiblarini nokaut qilganini aytdi
UFC og'ir vazn chempioni Tom Aspinall Siril Gan va Aleks Pereyra o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Ularning jangi 14 iyun kuni AQSHdagi UFC White House turnirida bo'lib o'tadi.
"Pereyra 84 va 93 kg vaznda katta kuch namoyish qildi, ammo u o'zidan kichik yigitlar bilan jang qilgan… Uning raqiblarni nokaut qilishining asosiy sababi — ulardan ancha katta bo'lganida. Siril Gan esa haqiqiy og'ir vaznlilarning kuchli zarbalarini qabul qila oladi.
Aleks Pereyra sekin harakatlanadigan kichik yarimog'ir va o'rta vazn jangchilariga qarshi juda yaxshi ko'rinadi. Siril Gan esa — ko'p harakat qiladigan katta og'ir vazn jangchisi. Menimcha, bu Siril uchun yaxshi jang", — dedi Aspinall Fight Your Corner podkastida.

Havola :
Manba : Fight Your Corner
Fikrlar