26 may 19:33
Yangiliklar
![](/upload/storage/220288_220.jpg)
UFC chempioni: "Sportdan Xabib singari ketishni istayman"
"Oxir-oqibat nafaqaga chiqishni xohlashim tabiiy. Buni ideal ravishda amalga oshirishim uchun Singapurdagi jangda g'aaba qozonishim, bundan tashqari, noyabr oyida "Medison Skver Garden"da Yan Blaxovichni mag'lub etishim zarur, so'ng faoliyatimni yakunlaganim haqida elon qilaman. Biroq hozir bunday qaror qabul qila olmayman. Bu imkoniyat, ammo hammasi mening foydamga hal bo'lishi aniq deya olmayman. Janglarni, umuman olganda sportni sevaman. Mashg'ulotlar zalida yashashni, qolaversa, janglarga tayyorgarlik ko'rishni yoqtiraman, biroq 42 yoshdaman, tez orada 43 yoshni qarshi olaman, xullas bu haqda o'ylashning vaqti keldi.
Sportdan o'z shartlarim asosida ketishni istayman. Bunga misol qilib, Xabib Nurmagomedovni olishimiz mumkin, uning oldida shlyapamni echaman, sababi u cho'qqisiga chiqqan vaqti faoliyatini yakunladi. Pul unga hech qanday dalda bermaydi. U 10, 20 million dollar atrofida ishlab oldi, unga bundan ham ko'p summa taklif qilishgandi, biroq u qaytmadi. Hurmat qilsa arziydi. Xabib bunga chek qo'ydi, ortiq bu ish bilan shug'ullanishni istamadi. Men ham shuni reja qilyapman. Bundan ko'nglim sovigan kuni faoliyatimni yakunlayman", - dedi Teysheyra The MMA Hour YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar