24 iyu 07:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227962_220.jpg)
UFC CHimaev - Diaz jangini rasman tasdiqladi + POSTER
UFC promousheni tomonidan shveciyalik Xamzat CHimaev hamda amerikalik Neyt Diaz o'rtasidagi superjang rasman tasdiqlandi.
Ushbu to'qnashuv 11 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Paradayze shahrida o'tkaziladi va UFC 279 turnirining markaziy jangiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning aprel oyida o'tkazilgan UFC 273 turnirida CHimaev braziliyalik Gilbert Byornsni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi Xamzat 10 ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Diaz esa 2021 yilning iyun oyida britaniyalik Leon Edvardsga yutqazgandi. Uning hisobida 23 g'alaba va 13 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar