24 okt 07:22
Yangiliklar

UFC Fight Night 196. Markaziy jang to'liq davom etdi
Oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vazn toifasida Paulo Kosta va Marvin Vettori o'rtasida bo'lib o'tdi. Aslida u jang o'rta vazn toifasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo, Kosta belgilangan vazn meyorini bajara olmasligini tan olganidan so'ng, UFC ushbu jangni yarimog'ir vaznga ko'chirgandi. Vazn o'lchash marosimida Kosta - 92,7 kg tosh bosgan bo'lsa, uning raqibi - 92,5 kg vazn ko'rsatgandi.
Har ikkala jangchi ham o'rta vaznda UFC chempionlik kamariga sobiq davogarlar hisoblanishadi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda hakamlarning uchchalasi ham 48-46 hisobidagi g'alabani italiyalik Marvin Vettoriga taqdim etishdi. Kosta ikkinchi raundda jangni muddatidan avval o'z foydasiga hal qilishi mumkin edi. Lekin raqibining bosh qismiga yo'llagan xaykik zarbasidan so'ng muvaffaqiyatini rivojlantira olmadi. Keyingi holatda Kosta Vettorining ko'ziga qo'lini suqib olgani uchun bir balldan mahrum qilindi.
Fikrlar