19 dek 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 199. Ko-meynivent jang to'liq davom etdi + FOTO
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada 2021 yilning so'nggi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning ko-meynivent jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda UFC reytingida 10-o'rinni egallab turgan Belal Muhammad chempionlik kamariga sobiq davogar Stiven Tompsonga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar 30-25, 30-26, 30-26 hisoblaridagi g'alabani Belal Muhammadga taqdim etishdi. Muhammad jangdan keyin bergan intervyusida reytingda uchinchi pog'onada borayotgan Leon Edvardsga "vyzov" tashladi va shundan so'ng chempion Kamaru Usman bilan ham uchrashishini aytdi.
Havola :
Manba : mmajunkie.usatoday.com
Fikrlar