19 dek 08:46
Yangiliklar

UFC Fight Night 199: Markaziy jangda "Qora Mahluq" UFC rekordini yangiladi
UFC Fight Night 199 turnirining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda chempionlik uchun sobiq davogar Derik Lyuis nokautchi Kris Dakasga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. "Qora Mahluq" nomi bilan tanilgan Derrik birinchi raundning o'zidayoq nokautchi raqibini nokautga uchratdi. Uchinchi daqiqa o'tib borayotgan bir pallada Lyuis Kris Dakasga zarbalar yomg'irini yog'dirdi. Natijada referi Mark Smit jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Derrik Lyuis bundan avvalgi chempionlik jangida Siril Ganga imkoniyatni boy bergan edi. Bugungi g'alabasi evaziga u nokautlar bo'yicha UFC`ning mutlaq rekordchisiga aylandi. SHu kungacha Derrik Lyuis birinchi o'rinni Mett Braun va Vitor Belfortlar bilan bo'lishib kelayotgandi. Bu ikki jangchining hisobida 12 tadan nokautli g'alaba bor.
Og'ir vaznlilar reytingida uchinchi o'rinda borayotgan 36 yoshli Derrik yana chempionlik kamari uchun oktagonga chiqishini malum qildi.
Fikrlar