19 dek 10:10
Yangiliklar

UFC Fight Night 199 turnirining barcha natijalari bitta xabarda
Xabar berganimizdek, UFC Fight Night 199 turnirining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda chempionlik uchun sobiq davogar Derrik Lyuis nokautchi Kris Dakasni birinchi raundning o'zida nokautga uchratdi. Oqshomning ko-meynivent jangida esa yarim o'rta vazn toifasi reytingida 10-o'rinni egallab turgan Belal Muhammad chempionlik kamariga sobiq davogar Stiven Tompsondan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi.
Muhimligi jihatidan turnirning uchinchi jangi ayollar divizionida o'tkazildi va unda Amanda Lemos uch raund to'liq lavom etgan to'qnashuvda Anjela Xillni ochkolar hisobi bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlardan ikki nafari Lemos, uchinchi Xillning g'alabasini taminlagan.
Bugungi oqshomda Riki Simon, Mateush Gemrot, Kab Svonson, Jerald Mershart, Jastin Taf, Melissa Gatto, Rakel Pennington, DonTel Maysa va Jordan Livitt o'z janglarini g'alaba bilan yakunlashgan.
Fikrlar