05 iyu 08:01
Yangiliklar

UFC Fight Night 207: Markaziy jangda nokaut qayd etildi + FOTO
UFC Fight Night 207 oqshomining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Aleksandr Volkov surinamlik nokautchi Jairzino Rozenstraykka qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Volkov o'ng qo'l apperkot zarbasi bilan raqibini muvozanatdan chiqardi. Ketma-ket javobsiz zarbalardan keyin referi Xerb Din jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Volkov texnik nokaut evaziga kuchli raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Jangdan keyingi intervyuda rossiyalik jangchi UFC tomonidan yaxshi taklif bo'lsa, qisqa muddatda oktagonga qaytishga tayyor ekanini malum qildi.
Oqshomning ko-meynivent jangida esa rossiyalik engilmas yarim engil vazn toifasi vakili Movsar Evloev amerikalik Den Igeni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan uning UFC promoushenidagi g'alabali seriyasi 6 ta jangga etdi. Hakamlar 30-26, 30-27, 30-27 hisobidagi g'alabani Evloevga taqdim etishdi.
Fikrlar