05 noy 07:39
Yangiliklar
UFC Fight Night 231. Kayo Borralo - Abusupyan Magomedov jangi to'liq davom etdi + FOTO
UFC Fight Night 231 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan uch raundlik jangda rossiyalik Abusupyan Magomedov braziliyalik Kayo Borraloga qarshi oktagonga chiqdi. Jang yakunida hakamlarning yakdil qarori bilan Kayo ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Borralo aslida bugun hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Ammo Ro'ziboev jarohat olgani sababli uning o'rnini Abus Magomedov egallagandi. Kayo o'tgan yili Abu-Dabida yana bir aralash yakkakurash ustamiz Mahmud Muradovni ochkolar evaziga taslim etgandi.
Malumot uchun, 33 yoshli Abusupyan Magomedov iyul oyida o'tkazilgan UFC on ESPN 48 turnirida amerikalik SHon Striklendga texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygandi. Uning MMAdagi statistikasi 25 g'aalaba, 6 mag'lubiyat va 1 durang. Borralo esa bugun faoliyatidagi 15-g'alabasini tantana qildi. Hisobida 1 ta mag'lubiyat ham bor.
Fikrlar