28 sen 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 260 turnirining markaziy jangida Dominik Reyesni nokautga uchratishdi
Avstraliyaning Pert shahrida UFC Fight Night 260 turniri bo'lib o'tdi.
Turnirning markaziy jangida Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulberg va amerikalik Dominik Reyes to'qnash keldi.
Jang 1-raundda Ulbergning nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Raqibini yiqittgan Karlos ketma-ket zarbalar seriyasini namoyish etgandan so'ng referi jangni to'xtatdi.
Bu Karlos uchun ketma-ket to'qqizinchi g'alaba bo'ldi. Rekordi esa 12-1 ko'rinishiga keldi.
Reyes esa faoliyatida beshinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Uning hisobida shuningdek 15 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar