05 apr 08:14
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Night 272 turnirining asosiy jangi ikkinchi raundda to'xtatildi
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkazildi. Unda braziliyalik Renato Moykano shotlandiyalik Kris Dunkanga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning ikkinchi raundida Moykano raqibini bo'g'ish usuli bilan taslim etdi.
Bu bilan braziliyalik aralash yakka kurash ustasi o'zining ikki mag'lubiyatli seriyasini yopib ketdi. Bo'ynini berib qo'ygan Dunkan taslim bo'lishdan o'zga chora topa olmadi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar