20 iyu 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night turnirining markaziy jangi malum
13 avgust kuni AQSHning San-Diego shahrida tashkil etiladigan navbatdagi UFC turnirining markaziy jangi elon qilindi.
Ushbu to'qnashuvda engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik Dominik Kruz ekvadorlik Marlon Veraga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kruz so'ngi bor braziliyalik Pedro Munosni mag'lub etgandi. USHbu jang o'tgan yilning dekabr oyida UFC 269 turniri doirasida bo'lib o'tgan edi.
Marlon Vera esa so'nggi jangida Rob Fontni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Ularning jangi 1 may kuni UFC Vegas 53 turnirida bo'lib o'tgan edi. Ekvadorlik uchun bu zafar MMA'dagi 20-g'alabasi bo'lgandi. SHuningdek, uning hisobida ettita mag'lubiyat va bir durang bor. Kruz hisobida esa 24 g'alaba va uchta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar