21 jan 10:39
Yangiliklar

UFC Fight Night turnirining markaziy jangi malum + Juftliklar
Unga ko'ra, 19 mart kuni Buyuk Britaniyaning London shahridagi «O2- Arena» stadionida UFC Fight Night turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida og'ir vazn toifasi vakillari - rossiyalik 33 yoshli Aleksandr Volkov (34-9 MMA, 8-3 UFC) hamda Tom Aspinal (11-2 MMA, 4-0 UFC) o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi.
Bu malumotni shaxsan UFC prezidenti Dana Uayt ham tasdiqladi. Volkov oxirgi jangini UFC 267 turniri doirasida polshalik Martin Tiburaga qarshi o'tkazib, raqibidan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi: 30-27, 30-27, 29-28.
Manchester shahrida dunyoga kelgan Aspinall ilk bor o'z vatandoshlari ko'z o'ngida jang o'tkazadi. U UFC bilan shartnoma imzolagunga qadar 9 ta jangini aynan Angliyada o'tkazgan edi. Oxirgi jangini 2020 yilning iyulida Jeyk Kolerga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raundda nokautga uchratgandi.
Londondagi UFC turniri kardi:
Aleksandr Volkov – Tom Aspinall;
Jeyk Xedli – Allan Nasimento;
Luana Karolina – Molli Makkenn;
Kodi Dyorden – Muhammad Mokaev;
Makvan Amirxani – Mayk Grandi;
Jek SHor – Timur Valiev;
SHamil Abduraximov – Sergey Pavlovich.
Fikrlar