22 noy 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Jon Jons uchun rejalarini o'zgartirdi
Tashkilotning Jons uchun 2 ta rejasi bor.
UFC Jon Jons va yarim og'ir vazn toifasida sobiq chempion Stip Miochich o'rtasidagi jang tashkil etish g'oyasidan voz kechdi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning aytishicha, tashkilotning Jon Jons uchun «A» rejasi 4 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 285 turnirida og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Frensis Ngannu bilan oktagonda to'qnash kelishdir.
Agar kamerunlik tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanishga ulgurmasa yoki u bilan yangi shartnoma tuzish imkoni bo'lmasa, «B» rejasi kuchga kiradi. Unga ko'ra og'ir vazn toifasida uchinchi pog'onani egallab turgan Kertis Bleyds Jonsning raqibiga aylanadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar