06 dek 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Londonga qaytmoqda. Markaziy jang haqida xabar berildi
2022 yilning 19 mart kuni London shahrida UFC turniri tashkil etiladi.
Ushbu oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida Darren Till va Yuraya Xoll o'rtasida o'tkazilishi mumkin. Bu haqida tashkilotchilar xabar berishdi.
Malumot uchun, 28 yoshli Darren Till so'nggi ikkita jangida raqiblariga yutqazib qo'ygan. U avvaliga Robert Uittaker, keyin esa Derek Bransonga imkoniyatni boy bergan. 37 yoshli Yuraya Xoll esa ketma-ket to'rtta g'alabadan so'ng SHon Striklenddan engilgan edi.
Ayni paytda Darren Till va Yuraya Xoll UFC o'rta vazn toifasi reytingida mos ravishda sakkizinchi hamda to'qqizinchi o'rinlarni band etishgan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar