So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

14 fev 19:15
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC Maxachevga qattiq zarba berdi. Ular Islamni eng zo'r jangchi nomidan chopishdi

UFC 284 kechasi yakunlandi, biroq uning ortidagi muammolar yakunlanmadi.

Eslatib o'tamiz, kechaning markaziy jangida P4P reytingining etakchilari Islam Maxachev va Aleks Volkanovski birinchi raqam bo'lish uchun jang qilishdi. Bu jang g'olibi P4P reytingini boshqarishi lozim edi. Ushbu jangda Islam raqibini mag'lub etdi. Jang yakunidan so'ng Islam endi birinchi ekanligini malum qildi. Ammo, lekin, biroq... Bugun hammasi o'zgardi.

Bugun UFC yangilangan reytingni elon qildi. Biroq Maxachev birinchi o'rindan joy olmadi. Mag'lub bo'lgan Aleks hamon peshqadam edi. Bu esa juda kutilmagan voqea bo'ldi. CHunki Islam aynan shuning uchun Avstraliyaga Aleksning uyiga kelgandi. U kelajagi uchun tavakkal qildi, u Xabibdan so'ng reyting etakchisi bo'lgan ikkinchi rossiyalik bo'lishi lozim edi. Aynan Volkanovski ustidan qozonilgan g'alaba unga birinchilikni berishi shart edi. Biroq unga berishmadi, nega???

Sabablar etarli ham bo'lishi mumkin. Misol uchun, hakamlarning qarorlari. Bazi bir UFC yulduzlari aynan Aleks ushbu jangda g'alaba qozondi deb fikr bildirdi. Daniel Korme, CHeyl Sonnen va Jo Rogan g'alabani yarim engil vazn chempioniga berishdi. SHuningdek, Aleks o'zining vaznida jang qilmadi, biroq engil vaznda ham yaxshi jang qildi. SHu sababli tashkilot undan birinchilikni olib qo'ymagan bo'lishi mumkin.

Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Bazi manbalarda, Islam va Uayt o'rtasida nizo kelib chiqqani xabar berilmoqda. Jangga oz muddat qolganida Islam UFC'ni jangni kam targ'ib qilganlikda ayblagandi. Buning javobiga esa Dana birinchi matbuot anjumanida Islamni ismini unutib qo'ydi. Keyin esa uni yurtiga «tosh otgan» holda keskin javob qaytardi. Umuman olganda, Dana Avstraliyaga umuman tashrif ham buyurmadi. Bu ham Islamning pastda qolishiga sabab bo'lishi mumkin.

Yakuniy va eng yoqimsiz variant — bu Islamning vazn tashlash marosimidan so'ng foydalangan dorisi bo'lishi mumkin. UFC jangchisi Den Xuker shov-shuv ko'tarib, Maxachevni vazn o'lchash marosimidan so'ng tiklanish uchun tomchilaridan noqonuniy foydalanganlikda aybladi. SHuningdek, Volkanovski Islamning firibgarligiga ham ishora qildi va jurnalistlar endi dog'istonliklarning fotosuratlarida inekciya izlarini faol ravishda qidirmoqdalar. SHu sababli ham UFC unga birinchilikni bermagandir. Balki promoushen haqiqatdan ham bir nimani biladi. Endi bo'yog'ini vaqt ko'rsatadi. Ko'ramiz va kuzatamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing