10 mar 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Miktibek Oralbayga muhim jang berdi + POSTER
Qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi Miktibek Oralbayning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
28 yashar sportchi 15 mart kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida ishtirok etadi.
Oralbayga musobaqa doirasida amerikalik Kris Kyortis raqib bo'ladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida prelim kardda o'tkaziladi.
Miktibek UFC'da hozirgacha 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi. U oxirgi jangida Jek Xermanssonni mag'lub etgandi. 38 yoshli Kris Kyortis hisobida 32 ta g'alaba va 12 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar