02 fev 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Oliveyra 13 fevral kuni jang qilish taklifiga rad javobini berdi
UFCning engil vazn jangchisi CHarlz Oliveyra UFC 258 turnirida Maykl CHendlerga qarshi jang qilishni istamadi.
Oliveyraning murabbiyi Diego Limaning aytishicha, tayyorgarllik uchun kam vaqt qolgani, shuningdek u chempionlik jangiga yaqin ekanligi uchun ushbu jang taklifiga rad javobini bergan.
"CHarlz xech qachon kamarga bunchalik yaqin bo'lmagan. Bungacha u qattiq mehnat qilganini alohida qayd etish lozim. U sakkiztadan iborat g'alabali seriyaga ega.
11 kun qolganda davogarlik jangini qabul qilishimiz shart emas. CHarlzga vazn tashlash uchun vaqt kerak, shuningdek vizamiz muddati ham tugab bormoqda va albatta jangning o'ziga ham tayyorgarlik ko'rish lozim", - dedi murabbiy.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar