21 sen 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC o'z tarixidagi eng yosh jangchisi bilan shartnoma imzoladi
UFC o'z tarixidagi eng yosh jangchi bilan kelishuvga erishdi.
UFC Dana Uaytning saralash shousida Mando Guterrezni mag'lub etgan 17 yoshli amerikalik Raul Rosas bilan shartnoma imzoladi.
"Bu texnik jang edi. Ikkala yigit ham bor kuchini sinab ko'rdi, 17 yoshli bolaning o'zini tutishi meni hayratda qoldirdi. Uning UFC'da jang qilishga tayyorligiga shubham yo'q. Bu yigitchadan juda hayratdaman - u o'ziga xos! U shunday jangchi-ki, men unga qarasam "Xudoyim, bu yigit haqiqiy tahdid, aql bovar qilmaydi" deb o'ylayapman", - dedi tashkilot prezidenti Uayt.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar