20 dek 10:49
Yangiliklar

UFC prezidenti 2022 yilning eng kutilayotgan jangini aytdi
Uning aytishicha, og'ir vazn toifasidagi chempionlik jangi 2022 yilda katta shov-shuvga sabab bo'lar ekan. Unda amaldagi chempion Frensis Ngannu vaqtinchalik kamar sohibi Siril Ganga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Siril Gan va Frensis Ngannu. SHaxsan men bu jangni intizorlik bilan kutayapman. Oktagonda ikki dahshatli jangchilar o'zaro to'qnash keladi. Har ikkisi ham ayni paytda eng yuqori sport formasida. Ularning biri tezkor, texnikasi yuqori va oyoqda yaxshi harakat qiladi. Ikkinchisi juda kuchli zarbaga ega", - deydi UFC prezidenti.
Malumot uchun, Siril Gan va Frensis Ngannu o'rtasidagi chempionlik jangi 22 yanvar kuni Anaxaym shahrida bo'lib o'tadi va UFC 270 turnirining markaziy to'qnashuviga aylanadi.
Fikrlar