19 jan 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti barcha davrlarning uch nafar eng yaxshi jangchisini aytdi
Dunyoning eng katta promousheni prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurash tarixidagi eng yaxshi uch jangchi kim degan savolga javob berdi.
"Men bu uchlikka Anderson Silva, Jorj Sent-Perr va Jon Jonsni kiritaman. Bu trioga Kamaru Usman yaqinlashib kelyapti", - dedi UFC rahbari The Dave Portnoy Show podkastining navbatdagi soni efirida.
Dana Uayt tomonidan tilga olingan Anderson Silva va Jorj Sent-Perr allaqachon o'z faoliyatlarini yakunlashgan. 46 yoshli braziliyalik hozirda professional boksda o'zini sinab ko'ryapti. Jon Jons esa shu yil UFC og'ir divizionida debyut qilishi mumkin. U katta ehtimol bilan Frensis Ngannu - Siril Gan chempionlik jangi g'olibi bilan oktagonda to'qnash keladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar
Irlandiyalikga kelsak u muxlislar un hardoim chempion va "echki" bolib qoladi ya'ni GREATEST OF ALL TIME (: