04 okt 20:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46223_220.jpg)
UFC prezidenti chiptalar qanchaga sotilganini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor jang o'tkazadigan UFC 229 shousiga oid qiziqarli malumotlarni taqdim etdi.
Jumladan, Uayt chiptalar savdosi bo'yicha ham hisobot berdi.
“6 oktyabr oqshomida o'tkaziladigan jangga qiziqish juda ham yuqori. Barcha jabhalarda rekordlar yangilanadi. Butun dunyoda Konorga ham, Xabibga ham qiziqish ortib boryapti. Bu shunchaki fantastika. Xabib musulmon va shu bilan birga rossiyalik ekanligi uning eng katta yutug'i. Bu unga juda katta auditoriyani taqdim etadi.
Jangni bevosita tomosha qilish uchun Las-Vegasga dunyoning mega yulduzlari tashrif buyuradi. SHu kungacha bironta UFC kechasiga kelmagan yulduzlarni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. CHiptalar taxminan 17 million dollarga sotildi. Bu turnir - shunchaki monstr!”, - dedi UFCprezidenti.
Havola :
Fikrlar