08 iyu 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC prezidenti Jon Jons - Stipe Miochich jangi sanasini oshkor qildi
Jon Jons va Stipe Miochich o'rtasida og'ir vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun jang o'tkaziladi.
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, ushba jang sentyabr yoki noyabr oyida tashkil etiladi.
"Ha, tizzasi operaciya bo'lgan Frensis Ngannu tiklanishda davom etyapti. U uzoq muddat jang qila olmaydi. SHundan kelib chiqib biz Jon Jons va Stipe Miochich o'rtasida vaqtinchalik kamar uchun jang tashkil qilmoqchimiz. Jang Las-Vegas yoki Nyu-Yorkda bo'lib o'tadi", - dedi UFC rahbari.
Malumot uchun, 34 yoshli Jon Jons so'nggi jangini 2020 yilning fevral oyida o'tkazgandi. O'shanda u yarimog'ir vazndagi UFC chempionlik kamarini Dominik Reyesdan himoya qilgandi. 39 yoshli Stipe Miochich esa o'tgan yilning mart oyida Frensis Ngannuga nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar