20 okt 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47124_220.jpg)
UFC prezidenti: “Nurmagomedov - Meyvezer? Etibor bermanglar!”
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasida jahon chempioni Xabib Nurmagomedov hamda amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer o'rtasida o'tkazilishi kutilayotgan jangga munosabat bildirdi.
Uaytning aytishicha, bu jangning o'tkazilish ehtimoli haqiqatdan ancha yiroq ekan.
“Bunga etibor bermanglar! Birinchidan, Meyvezerning jamoasi bizga Xabib bilan jang o'tkazishni so'rab murojaat qilgani yo'q. Ikkinchidan, Nurmagomedovning UFC bilan shartnomasi bor. Floyd o'zini keng ommaga yana bir bor eslatib qo'yish uchun Xabibdan foydalanib qolmoqchi”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Nurmagomedov Meyvezerni jangga chorlagandi. O'z o'rnida amerikalik afsona ham Xabibga qarshi boks qoidalari asosida ringga ko'tarilishga tayyor ekanligini malum qilgan edi.
Havola :
Fikrlar