14 sen 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Toni Fergyusonga yangi raqib izlamoqda
UFC prezidenti Dena Uayt sobiq vaqtinchalik chempion Toni Fergyusonga yangi raqib izlayotganini malum qildi.
Uaytning aytishicha, Toni Fergyuson va Dastin Pore o'rtasidagi jangni o'tkazish imkoniyati nol foizga tushgan.
"Bu jangni o'tkazishimizga ishonchim komil emas. SHu sababdan ham Toni Fergyusonga boshqa raqib izlashni boshladim", — dedi Uayt UFC Fight Night 177 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Dastin Pore Toni Fergyuson bilan Xabib - Getji oqshomida jang o'tkazish istagi borligini aytgandi. Keyinchalik uning o'zi bu jangning imkoni yo'q deb chiqqan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar