11 jan 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Xabibni ko'ndirishga urinib ko'radi
UFC prezidenti Dena Uayt yana bir bor Xabib - Konor revansh jangini tashkil etish uchun urinib ko'rishini malum qildi.
Buning uchun u avvalo Xabib Nurmagomedovni fikridan qaytishiga ko'ndirishi shart. Uayt shu haftadayoq Abu-Dabida Xabib bilan uchrashadi.
"SHaxsan men Xabibning qaytishiga ishonaman. Uning Jastin Getjiga qarshi o'tkazgan jangini butun dunyo ko'rdi va yana bir bor Xabibning mahoratiga tan berdi. Nurmagomedovning hali oktagonda qiladigan ishlari bor.
Keyin meni Konorning hozirgi tayyorgarligi va jismoniy holati xayron qoldirmoqda. Agar u shu holatini Porega qarshi jangdan keyin ham saqlab qolsa, Makgregor - Nurmagomedov revansh jangiga umid qilsak bo'ladi", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar