20 sen 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbari Xamzat haqida: U vada berdi va bajardi
UFC rahbari Dana Uayt asli chechen bo'lgan Xamzat CHimaevning harakatlaridan hayratda ekanligini malum qildi.
“Hech qachon u kabi jangchi bilan uchrashmaganman. U murabbiylari va sheriklari bilan maslahatlashmasdan yana jang qilishga tayyor. U jangdan avval zarbalarining kuchini ko'rsatishga vada bergandi va bergan so'zining ustidan chiqdi. Xamzat bitta zarba bilan o'rta vazn jangchisini nokaut qildi. U kabi jangchilarni faoliyatim davomida ilk bor ko'rishim. U 66 kun ichida nimalar qilib tashlaganiga etibor bering. Xamzat bilan ko'p ishlarni qilsa bo'ladi”,-dedi Dana.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar