25 fev 15:39
Yangiliklar
UFC referisi Jon Jonsni qanday qilib mag'lubiyatdan qutqarib qolganligini aytdi
"Jon men uni yomon ko'raman deb o'ylaydi, hatto men uning janglarida ishlamasligim kerakligi haqida ochiq oydin aytadi. To'g'risini aytaman, agar men hakamlik qilmaganimda Jons Gustafsson bilan jangda kamarini yo'qotgan bo'lardi. Xech qaysi hakam o'rnimda bo'lganida u uchun faoliyatini xavf ostiga qo'ymasdi.
Birinchi jangda u o'ng ko'zi ostini yorib oldi. To'rtinchi raundga kelib esa bu jarohat katta ochilib ketdi. Raund oxirida shifokor Jonni ko'rdi va jangni to'xtatish lozimligini aytdi. Jon o'sha raundda chempionlardek jang qilgan, Gustafssonni nokautga uchratishiga oz qolgandi. U jarohat ahamiyatsiz ekanligini ko'rsatgandi.
Men esa shifokorga jangni davom ettirishga ruxsat berishimni aytganman. Men shifokorga agar vaziyat yanada yomonlashsa jangni to'xtatishimni aytdim. Agar o'shanda bahsni to'xtatganimda Gustafsson g'olib bo'lardi", - dedi Makkarti.
Fikrlar