30 okt 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq jangchisi Bellator chempionlik kamarini qo'lga kiritdi
Bugun tongda AQSHda navbatdagi Bellator kechasi bo'lib o'tdi.
Bellator 250 kechasining markaziy jangida o'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan kamar uchun Gegard Mussasi Duglas Limaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raundga mo'ljallangan bahs to'liq davom etdi va hakamlar bir ovozdan (48:47, 49:46, 49:46) Mussasining g'alabasini elon qilishdi.
Malumot uchun Gegard 2013-2017 yillar orolig'ida UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazgan.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar