30 mar 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq jangchisi Frensis Ngannu Arnold SHvarcenegger bilan birga + FOTO
Frensis Ngannu Arnold SHvarcenegger bilan uchrashdi.
Og'ir vaznda UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu Gollivud mashhur aktyori va siyosatchisi Arnold SHvarcenegger bilan uchrashdi.
SHvarcenegger ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali mazkur surat bilan o'rtoqlashgan. SHuningdek, suratda MFL futbolchisi Mekay Bekton ham tasvirlangan.
"Endi men Dennining o'zini qanday his qilayotganini tushunaman", - deya mazkur suratni izohlagan SHvarcenegger aktyor Denni DeVitoga ishora qilgan holda.
UFC sobiq jangchisi bo'lmish Frensis Ngannu hali hamon erkin agent bo'lib turibdi. Uning navbatdagi jangini qaysi ligada o'tkazishi hozircha mavhum.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar