26 jan 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq jangchisi Rustam Xabilov Bellatorʼda qachon debyut qilishi malum bo'ldi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Rustam Xabilov 31 mart kuni Bellatorʼda debyut qiladi.
Unga oktagonda amerikalik Jalil Uillis qiladi.
Eslatib o'tamiz, Xabilov Bellatorʼga o'tishini 2020 yilda elon qilgan edi. Biroq, u promoushenda biror marta ham jang o'tkazmagan. Uning birinchi raqibi rossiyalik Andrey Koreshkov bo'lishi kutilgan, ammo jang Rustamning sog'lig'idagi muammolar tufayli bekor qilindi. Keyinroq Xabilov 2022 yil sentyabr oyida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan navbatdagi jangdan voz kechdi.
Bungacha Xabilov UFCʼda ham jang qilgan. U aralash yakka kurashlarda jami 28 ta jang o'tkazib, 24 tasida g'alaba qozongan va 4 tasida mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar