08 iyu 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC tarixida tashkil qilinmay qolib ketgan eng katta jang aytildi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Bisping promoushen tarixida tashkil qilinmay qolib ketgan eng katta jangni aytdi.
Bispingning fikricha, UFC rahbarlari Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang tashkilotchiligini yakuniga etkazmay, katta xatoga yo'l qo'yishgan. Aynan shu to'qnashuv liga tarixidagi eng katta jang bo'lar edi.
UFC prezidenti Dana Uayt ushbu jangni o'tkazish uchun oz emas, ko'p emas, besh marotaba urinishni amalga oshirgan va har safar omadsizlikka uchragan.
"Qandaydir bir tushunmovchilik sabab bu jang o'tkazilmay qolib ketdi. SHartnomaga imzo chekilgan, jangchilar to'liq mashg'ulot lagerini o'tashgan edi", — deya o'zining YouTube kanalida chiqish qilgan Bisping.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar