26 iyu 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC. Umar Nurmagomedov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Las-Vegasda navbatdagi UFC turniri o'tkazilmoqda.
Turnir doirasida dog'istonlik Umar Nurmagomedov ham oktagonga ko'tarildi. Ushbu jangda Umarga amerikalik Natan Maness raqiblik qildi.
Uch raundlik jang to'liq davom etdi va unda Nurmagomedov ochkolar evaziga (30-27, 30-26, 30-25) g'alaba qozondi.
Ushbu jangda Xabib Nurmagomedov Umarga sekundant sifatida oktagonga chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar