05 dek 08:47
Yangiliklar

UFC Vegas 44. Angolalik qozog'istonlik jangchini nokautga uchratdi
Biroz avval angolalik Manel Kape hamda qozog'istonlik Jalgas Jumagulov o'rtasidagi jang kutilmagan natija bilan yakunlandi. Kape raqibini texnik nokautga uchratdi. Bu afrikalik uchun UFC promoushenidagi ikkinchi g'alaba bo'ldi.
Jumagulov esa ligadagi uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida bitta g'alaba bor. Jalgas UFC bilan 4 ta jang uchun shartnoma imzolagan edi. Bugungi mag'lubiyatdan keyin tashkilot u bilan kelishuvni uzaytirmasa kerak.
Eslatib o'tamiz, oqshomning markaziy jangida sobiq UFC chempioni Joze Aldo yana bir tajribali raqib Rob Fontga qarshi oktagonga ko'tariladi. Aldo tarozi marosimida raqibidan og'irroq chiqqandi.
Asosiy kard:
Joze Aldo — Rob Font;
Rafael Fiziev — Bred Riddel;
Kley Guida – Leonardo Santos;
Jim Krut – Jamal Xill;
Brendan Allen – Kris Kyortis.
Fikrlar