05 dek 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 44. Sobiq chempion ishtirokidagi markaziy jang to'liq davom etdi + FOTO
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC APEX arenada o'tkazilgan UFC Vegas 44 turniri o'z nihoyasiga etdi.
Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Joze Aldo yana bir taniqli jangchi Rob Fontga qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raund to'liq davom etgan jangda Aldo hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra ochkolar hisobida g'alaba qozondi.
Bu Jozening ketma-ket ikkinchi g'alabasi bo'ldi. U UFC 265 turnirida Pedro Munosni ham mag'lub etgandi. Rob Font esa shu yilning may oyida UFC Fight Night 188 turnirining markaziy jangida Kodi Garbrandtdan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : mmajunkie.usatoday.com
Fikrlar