16 jan 10:10
Yangiliklar

UFC Vegas 46 turnirining barcha 10 ta jangi natijalari bitta xabarda + FOTOGALEREYA
UFC on ESPN 32 turnirida jami 10 ta juftlik jangi o'tkazildi. Oqshomning markaziy jangida yarim engil vazn (66,22 kg) toifasi vakillari Kelvin Kattar va Giga CHikadze o'zaro oktagonga to'qnash kelishdi va besh raundlik to'qnashuv yakunida Kattar ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Muhimligi jihatidan ikkinchi jangda og'ir vazn toifasi vakillari Jeyk Kolle (119,98 kg) va CHeyz SHerman (113,4 kg) uchrashishdi. Ushbu jangda Kolle sabmishn, yani ortdan bo'g'ish usuli bilan muddatidan avval zafar quchdi.
Asosiy kardning qolgan janglarida Brendon Royval Rojerio Bontorinni, ayollar engil vazn toifasida chempionlik uchun sobiq davogar Ketlin CHukagyan Jennifer Mayani, rossiyalik Vyacheslav Borshyov amerikalik Dakota Bushni mag'lubiyatga uchratdi.
Prelium karddan o'rin olgan janglarda esa Bill Aljeo Yoanderson Britodan, Jeymi Pikett Jozef Xolmsdan, Kurt Makgi Ramiz Braximaydan, Brayan Kellexer Kevin Krumdan, Ti Jey Braun esa CHarlz Rosadan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi.
Fikrlar