15 may 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/218747_220.jpg)
UFC Vegas 54: Oqshomning markaziy jangi muddatidan avval yakunlandi
Biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Vegas 54 turniri yakuniga etdi.
Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, polshalik Yan Blaxovich avstriyalik Aleksandr Rakichga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang ikkinchi raundda to'xtatildi. Rakich kutilmaganda tizzasidan jarohat oldi. Natijada referi jangni to'xtatdi va texnik nokautli g'alaba Blaxovichga taqdim etildi.
Malumot uchun, bugungi jang oldidan 39 yoshli Yan Blaxovich reytingda birinchi, 30 yashar Rakich esa uchinchi o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Fikrlar