02 okt 09:32
Yangiliklar

UFC Vegas 61 turnirining barcha natijalari bitta xabarda + FOTOGALEREYA
UFC Vegas 61 oqshomining markaziy jangi ayollar o'rtasida o'tkazilib, unda xitoylik Syaonan Yan amerikalik Makkenzi Dyornga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda Syaonan Dyornni ochkolar (48-47, 48-47, 47-47) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
UFC Vegas 61 turnirining barcha natijalari:
Rendi Braun Fransisko Trinaldoni mag'lub (29-28, 29-28, 29-28) etdi.
Raoni Barselos Trevin Jonsdan ustun (30-25, 30-27, 30-27) keldi.
Sodiq Yusuff Don SHaynisni bo'g'ish usuli bilan engdi.
Mayk Devis Vyacheslav Borshyovni mag'lubiyatga (29-28, 30-26, 30-26) uchratdi.
Daniel Gustavo Santos Jon Kastanedani nokautga uchratdi.
Ilir Latifi Aleksey Oleynikni yutdi (30-27, 30-27, 30-27).
Joakim Silva Jessi Ronson texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Brendan Allen Krishtof Yotkoni bo'g'ib qo'ydi.
CHelsi CHendler Yuliya Stolyarenkoni texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar