06 iyu 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/221999_220.jpg)
UFC yana bir qiziqarli jangni tasdiqladi
Aljameyn Sterling chempion bo'lib turgan vazn toifasida Top-10 vakillari o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi.
Aniqrog'i, divizion reytingida 5-o'rinni egallab turgan Marlon Vera 8-pog'onadan joy olgan Dominik Kruzga qarshi jang o'tkazadi. Petr Yanni kutishdan charchagan Vera Dominik Kruzning chorlovini qabul qilgan.
Ushbu jang 13 avgust kuniga belgilangan UFC Fight Night seriyasiga kiruvchi turnirning markaziy to'qnashuvi bo'ladi. Tez orada rasmiy poster ham elon qilinadi. 29 yoshli Marlon Vera 3 ta, 36 yoshli Kruz esa 2 ta g'alabali seriya qayd etmoqda.
Marlon so'nggi jangida Roba Fontni mag'lubiyatga uchratgan. Dominik esa Keysi Kinni va Pedro Munozdan ustun kelgan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar