So’nggi yangiliklar

15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

09 may 15:10
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC yulduzi Konor MakGregorning faoliyati, yutuqlari, shaxsiy hayoti va boshqalar haqida!

Konor MakGregor. Sportga qiziqqan borki, bu ism haqida eshitgan, biladi, janglarini tomosha qiladi.

Bugun aynan Konor MakGregor haqidagi katta va qiziqarli maqolani etiboringizga taqdim etamiz. O'qib chiqing, ketgan vaqtingizga achinmaysiz.


Konor Entoni MakGregor - 1988 yilning 14 iyul kunida tug'ilgan. Aralash qoidalar jangchisi. "UFC"ning engil va o'rtaengil vazn toifalarida janglarda ishtirok etgan va sobiq chempion hisoblanadi.

"UFC"ning vazn toifasidan qati nazar tuziladigan reytingida 8-o'rinni egallab turibdi. "Sherdog" reytingi esa MakGregorni engil va o'rtaengil vazn toifalaridagi reytingida birinchi, vazn toifasidan qati nazar tuziladigan reytingida 8-pog'onani egallagan.

MMAdagi eng taniqli jangchilardan biri. Har bir jangi uchun gonorarni yuqori qo'yadi. 2016 yilning 20 aprel kunida u o'z tvitterida faoliyatini MMAda yakunlashini malum qilgandi. Biroq shundan bir kun o'tib, o'z xabarini o'zi rad etdi.

Bo'yi: 175 santimetr

Qo'lini yoyish uzunligi: 188 santimetr

Laqabi: The Notorious (yomon nom chiqargan)

Konor MakGregorning eng yaxshi nokautlar


Konor 1988 yilning 14 iyulida Dublin shahrida dunyoga kelgan. Dublinning Kramlin qishloqchasida yoshligini o'tkazgan. Aynan o'sha erda u sportga qiziqishni boshlagan va futbol bilan shug'ullangan. "Luders Seltik" tarkibida o'ynagan va "Manchester Yunayted" jamoasiga muxlislik qilgan.


Konor MakGregor bolaligida

2006 yilda u oilasi bilan Lukan shahriga ko'chib borgan va "Colaiste Cois Life" nomli maktabga qatnagan. Maktabdan keyin suvsozlik kasbini o'rgangan. Oradan vaqt o'tib, u bo'lajak UFC jangchisi Tom Igan bilan birgalikda ishlay boshlagan. O'sha vaqtda u aralash qoidalar bo'yicha janglarga ham qiziqib qolgan. 16 yoshida esa SGB jamoasi azosi bo'lgan.

"Onam - faoliyatimdagi muhim inson. Og'ir damlar kelganida, nima qilishni bilmay sportdan ketishni o'ylaganimda onam murabbiyim bilan gaplashib, meni shug'ullantirgan. SHu boisdan, men buni har kuni eslayman", - dedi u.

Uning onasi esa har bir jangini tomosha qiladi va o'g'lining g'alabalari guvohi bo'ladi.


Konor MakGregor onasi bilan

Aralash qoidalardagi professional faoliyatini u engil vaznda boshlagan. 10 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etganidan keyin u bir vazn toifa pastroqda jang qildi va ikki sovrinni qo'lga kiritdi. "Cage Warriors" nomli tashkilot turnirida chempionlikka erishdi.

Konor MakGregor "Ultimate Fighting Championship"da

Muvaffaqiyatli natijalar qayd etganidan keyin UFC u bilan shartnoma imzoladi. Uning yangi promoushendagi ilk jangi "UFC on Fuel TV: Mousasi. Latifi"da bo'lib o'tdi. O'sha kuni Konorga Markus Brimeyj raqiblik qilgandi. Jang Brimeyjning ustunligi bilan boshlangan bo'lsa-da, u irlandiyalik sportchiga aniq va texnik zarbalar bera olmadi. Jag'iga bergan bir necha og'ir zarbalardan keyin raqib erga yiqildi, MakGregor esa hujumni davom ettirayotgan bir vaqtda referi jangni yakunlab, g'alabani qayd etdi.

Keyingi jang esa "UFC Fight Night 26"ga belgilandi va u erda angliyalik Endi Oglga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Biroq, orada uning eski jarohati qaytalanib qoldi va uning o'rnini Maks Xollouey egalladi.

MakGregor jang davomida to'liq tashabbusga ega bo'ldi va Xollouey ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Bu irlandiyalik sportchining hakamlar ochkosi orqali qozongan yagona g'alabasi hisoblanadi. Ikkinchi raundning o'rtalarida u tizzasida jarohat borligini his qildi. Tibbiy tekshiruvlarga ko'ra, uning tizzasi suyaklarini bog'lab turgan bo'g'imda jarohat borligi malum bo'ldi. SHundan keyin shifokorlar uni 10 oy vaqt davomida janglarga qatnashishga ruxsat bermadi.

Davolanib bo'lganidan keyin u jonajon Dublinidagi "UFC Fight Night 46" saroyidagi jang oqshomida asosiy qahramon bo'ldi. Avvaliga uning raqibi Koul Miller bo'lishi kerak edi. Biroq u mashg'ulotda barmog'ini sindirib oldi va jangda qatnashmadi. Uning o'rnini braziliyalik Diego Brandan egalladi va ilk raunddayoq mag'lub bo'ldi.


Konor ijrosidagi nokautlar:


"UFC 178" turnirida u hali nokautga uchramagan amerikalik Dastin Poreni texnik nokaut bilan mag'lub etdi. Butun bir jang davomida Konor raqibini yaqin masofalarda zarbalar bilan siylab turdi.

Oradan bir oy o'tib, promoushen "UFC Fight Night 59" turniri haqida elon qildi va qahramonimiz unda germaniyalik Dennis Zifer bilan jang olib boradi.

Irlandiyalik sportchi bu safar ham nokautni qayd etdi. Katta tashabbusga ega bo'lgan Konor ikkinchi raundda raqibni mag'lubiyatga uchratdi. SHundan so'ng u tomoshabinlarni amaldagi chempion Joze Aldu bilan bo'lgan hodisa orqali hayratga soladi. Referi bahsni yakunlaganidan keyin Konor Aldu tomonga boradi va to'rning ustiga chiqib, chempionga qarata nimalardir deb baqiradi.


Konor MakGregor - o'rtaengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempion

2015 yilning yanvar oyida UFC chempionligi uchun Konor MakGregor hamda Aldu o'rtasidagi kurash kuni aniq bo'ldi.

Jang 2015 yilning 11 iyul kunida bo'lib o'tishi kerak edi. Bellashuv "UFC 189" turniri doirasida o'tkazilishi aniq bo'ldi. Mart oyida esa jahonning 8 shahrida 20 kunlik tur bo'lib o'tdi. Rioda boshlanib, Dublinda yakunlangan tur musobaqa uchun yaxshigina reklama uchun xizmat qildi.

Jahon turi davomida MakGregor Aldu nomiga ko'plab "iliq so'zlar" yo'lladi: barchasi Riodagi nigohlar to'qnashuvida boshlangan bo'lsa, Irlandiya poytaxtida o'tkazilgan matbuot anjumanida MakGregor braziliyalikning chempionlik kamariga "hamla" qilganida avjiga chiqdi.


23 iyunda Aldu qovurg'asidan jarohat olgani malum qilindi va shu sababli jang bekor qilindi. Tashkilot har ehtimolga qarshi boshqa raqibni tanlab qo'ygandi. U "NCAA"ning ikki karra sohibi - CHed Mendes edi.

30 iyun kunida Dana Uayt Aldu turnirda qatnashmasligini rasman malum qildi. Uning o'rnini Mendes egalladi. MakGregor esa nokautli seriyasini davom ettirdi va UFCda yarimo'rta vazn toifasida vaqtinchalik chempionga aylandi.

Ushbu sovrinni qo'lga kiritganidan keyin "The Ultimate Fighter" realiti-shousining 22-mavsumida Evropa jamoasining murabbiyi sifatida qatnashdi. Teleshouda u ushbu turnirda faqatgina o'z jamoadoshi va sparring-hamkori Artyom Lobov uchun qatnashayotganini malum qildi.


MakGregor - yarimo'rta vazn toifasidagi chempion

2015 yilning avgustida MakGregorning Aldu bilan jang sanasi elon qilindi. Bu safar jang 12 dekabr kunida o'tkazilishi rejalashtirildi.

MakGregor matbuot anjumanida Alduni mag'lub etadigan bo'lsa, engil vazn toifasiga o'tishini malum qildi.

2015 yilning 12 dekabr kunida MakGregor Alduga qarshi "setka"ga tushdi. O'sha kuni kutmagan voqea sodir bo'ldi. Konor 13-soniyadayoq raqibining jag'iga zarba berib, Alduni chempionlikdan mahrum qildi. Dahshatli nokaut!

Mana shunday raqib ustidan qozonilgan g'alabadan keyin u "UFC 196" reytingini boshqardi. Unda Konor engil vaznda sovrin uchun asosiy davogar bo'lishi aytilgandi va Rafael duz Anjuz bilan jang o'tkazishi kerak edi.

2016 yilning 23 fevral kunida Anjuz oyog'idan jarohat olgani va jangda qatnashmasligini malum qildi. Oradan bir kun o'tib, tashkilot Anjuzning o'rniga boshqar jangchi topdi. Biroq jang yarimo'rta divizionda bo'lib o'tdi. Oldinroq MakGregorning murabbiyi shogirdi yarimo'rta vaznda amaldagi chempion Robbi Loulerga qarshi jang o'tkazishga tayyorligini aytgandi.

Diasga qarshi jang MakGregorning faolligi bilan boshlandi. Qo'lda ham, oyoqda ham yaxshi ishlagan Konor jangda yaxshi harakat qildi va masofani ushlab tura oldi. Birinchi raundning ikkinchi yarmida u Diasning qoshini yordi, biroq tashabbus raqib tomoniga o'ta boshladi. Bu esa Konorning ishlarini ortga, Diasnikini esa oldinga surdi. Raund parter bilan yakunlandi, Dias irlandiyalikning oyoqlarini ushlab olgandi. Biroq bu MakGregorga xalal bermadi va so'nggi soniyalarda raqibiga ketma-ket zarbalar seriyasini yog'dirib tashladi.

Ikkinchi raundda u yana Diasga shturmlar uyushtirdi va yuzini qonga belab tashladi. Biroq raundning o'rtalarida MakGregor raqibning ikkilik zarbasini o'tkazib yubordi. SHunday bo'lsa ham oldingi holatiga qaytishga intildi. Dias bosimni oshirishga intildi, Konor klinchdan chiqib ketib, Diasning oyog'iga tashlandi. Aynan ushbu jangda Konor ilk mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'ldi.

Jangdan keyin Konor o'z mag'lubiyatini shu tarzda tasvirladi: "Menda imkoniyat bor edi. Biroq men o'z kuchimdan noto'g'ri foydalandim. Odatda mening zarbalarimdan keyin raqiblar mening ostimga qulab tushishardi. Biroq Neyt zarbalarimni yaxshi qabul qilib oldi. Menimcha, uning vazni bunga sabab bo'ldi. Uning oldida bosh kiyimimni echaman. Neyt yaxshi jang qildi, zarbalarimdan qochishga muvaffaq bo'ldi. Bunga esa masofa sabab bo'ldi. Ayrim vaziyatlarda chap qo'lim unga etmadi. Aylanib tepishda ham kamchiliklarga yo'l qo'ydim. Bu o'yin, yutamiz va yutqazamiz. Bu o'yinning bir qismi. Bugun yuta olmadim. Men qaytaman", - dedi u.

20 avgust kuni esa Las-Vegasda "UFC 202" turniri doirasida Konor 5 raundlik jangda Diasni hakamlar qaroriga ko'ra, mag'lub etdi.

Jang shafqatsiz tarzda o'tdi. Konor jangni aqlli o'tkazdi va raqibiga zarba berish imkoniyatlarini kamaytirib tashladi. To'qnashuv uchun uning gonorari 3 million dollarni tashkil etdi.

2016 yilning 12 noyabr kuni "UFC 205"ning asosiy jangida MakGregor Alvaresni ikkinchi randdayoq mag'lub etdi va UFC tarixida bir vaqtda ikki toifada chempionlikka erishgan ilk jangchiga aylandi. Jang irlandiyalikning tashabbusi bilan boshlandi. Birinchi raundda u oktagonda mezbondek harakat qildi va ikki bora raqibning boshiga aniq zarba berdi. Ikkinchi raundda esa Konor zarbalar seriyasini tutdi va g'alabaga erishdi va amerikalik raqibdan engil vazndagi chempionlikni tortib oldi.

Konor MakGregor boksda Floyd Meyvezerga qarshi

2016 yilning may oyida UFC jangchisi Konor MakGregor va afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer o'rtasida jang bo'lishi elon qilindi. Bundan oldin Floyd faoliyatini yakunlaganini rasman malum qilgandi, biroq Konor omma oldida uning manziliga bosim o'tkazuvchi so'zlar yo'lladi va ringga qaytishga chorladi. SHu tariqa jang 2017 yilning 26 avgustiga belgilandi.

Jang 10 raund davom etdi. Ilk raundda irlandiyalik ozmi-ko'pmi hujum qildi. Biroq 4-raundga kelganida Meyvezer jangdagi nazoratni o'z qo'liga oldi. 9-raundga kelganida jang yakunlanishi mumkin edi. 10-raundda esa Konor zarbalar seriyasini qabul qilib oldi. Referi esa texnik nokaut qayd etib, jangni yakunladi.
MakGregor uchun ushbu jang professional boksdagi birinchisi bo'ldi. Meyvezer esa afsonaviy Rokki Marchianoning rekordini yangiladi va ketma-ket 50-g'alabaga erishdi.


Konor 2018 yilning 5 aprelida Xabib Nurmagomedov va Maks Xolloue jangi bo'lib o'tadigan Nyu-Yorkka uchib bordi va Xabib Nurmogamedovning avtobusiga hujum qildi. U shu tariqa Xabib bilan tushunmovchilikka borib qolgan do'sti va sparring-hamkori Artyom Lobovni yonini olmoqchi bo'ldi. Qahramonimiz Xabib o'tirgan avtobusga hujum qildi va oynasini sindirdi. Jangchi Maykl Kezaning yuzini yaraladi. SHuningdek, eng engil vazn toifasidagi jangchi Rouz Namayunasga ham jarohat etkazdi.


Konorning sovrinlari va yutuqlari:

- Yarimo'rta vazn toifasida "UFC" chempioni.

- Engil vazn toifasida "UFC" chempioni (sobiq).

- O'rtaengil vazn toifasida "UFC" chempioni (sobiq).

- O'rtaengil vazn toifasida "UFC"ning vaqtinchalik chempioni (bir bora).

- Markus Brimeyjga qarshi o'tgan jangda "Kechaning eng yaxshi nokauti" sovrini sohibi (bir bora).

- Diego Brandao, Dastin Pore, Dennis Zifer, CHed Mendes va Joze Alduga qarshi janglarda "Kechaning eng yaxshi ishtiroki" (5 marta) sovrini egasi.

- Neyt Diasga qarshi jangda "Kechaning eng yaxshi jangi" (1 marta) sovrini sohibi.

- O'rtaengil vazn toifasi "Cage Warriors Fighting Championship" turniri sovrini sohibi (bir marta).

- "World MMA Awards" tashkilotining 2014 yildagi eng yaxshi jangchisi.


Konor MakGregorning jang uslubi:

MakGregorning MMAda noodatiy uslubi bor. Jo Rogan va Dominik Krus kabi mashhur sport tahlilchilari uni o'zgacha jangchi deb hisoblashadi. Irlandiyalikning boks va taekvondoda yaxshi qobiliyati bor. U o'z oyog'i, boshi, o'ng va chap qo'llarida bir xil zarbalar bera oladi.

SHuningdek, u oktagon tashqarisida o'zini tutishi bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Irlandiyalik o'z manziliga aytilgan so'kinish, haqoratlashga javob berishdan qochmaydi. Har bir jangidan oldin raqibi manzili tomon "tosh otadi". Uning baralla aytgan gaplari OAVning doimiy etiborida bo'ladi. MakGregor jang tomoshabinlarining auditoriyasi ko'payishi uchun, uni qanday "sotish" kerakligini ham biladi.


SHaxsiy hayoti

2007 yilda Di Devlinga uylanadi. Ular Irlandiyadagi tungi klublardan birida tanishib qolishgan. "U menga yoqib qoldi va u bilan yaxshiroq tanishishga intildim. Ilk tanishgan kunimizda u juda chiroyli edi. Menga shunday qizlar yoqadi", - deydi Konor.

"Konorning nimasi menga yoqqan? Ilk tanishganimizdayoq meni kuldirishga intilgan. U har qanday holatda ham kayfiyatni ko'tarishga harakat qiladi. Bu esa men uchun juda ham muhim", - dedi Di.

Di Devlin eng qiyin vaqtlarda Konor bilan birga bo'ldi. Konor bir necha marta o'z yutuqlarida Dining hissasi katta ekanligini aytib o'tgan.


Konorning o'zi Di haqida gapirdi: "Biz Irlaniyada, Dublindan 30 kilometr uzoqlikda ijaraga olingan kvartirada yashaganmiz. Unga 188 evro pul to'lardik. Mening qiladigan ishim yo'q edi va vaqtimni zallarda o'tkazardim. CHempion bo'lishimga ishonardim. U esa menga ishonaverdi, ishonaverdi. Qiyinchiliklarga qaramay meni to'g'ri tushundi va o'zini menga ishondi. Mashg'ulotlardan charchab kelganimda u menga: "Konor, bilaman, sen barchasiga qodirsan!.

Endilikda men millionlab dollar ishlab topyapman. Janglarim 50-70 minglab muxlislarni o'ziga jalb etmoqda. O'zimga istagan mashinani, kiyimni, uyni sotib olishga qurbim etadi. U esa bundanda ortig'iga haqli. U har doim yonimda bo'ldi va barchasini uddalashimga ishondi".

2017 yilning 5 may kunida juftlikning o'g'li dunyoga keldi va unga Konorning otasi sharafiga Konor Jek MakGregor deb ism qo'yishdi. Ayni paytda bolakay ulg'ayib qolgan. Konor esa uni kelajakda o'ziga o'xshagan sportchi qilib tarbiyalash niyatida.


Mirjalol Normatov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing