09 iyu 08:06
Yangiliklar

UFC'da muxlislar eng ko'p nafratlangan jangchilar uchligi malum qilindi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor muxlislari nafratlanadigan jangchi sifatida tan olindi. Irlandiyalik 29,31% bilan muxlislar nafratlanadigan UFC jangchilari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi.
SHu bilan birga, Makgregorga ijobiy ovoz berganlar 44,6%ni tashkil qildi. Boshqacha qilib aytganda, irlandiyalik jangchining muxlislari nisbatan ko'proq. Ammo, yuqoridagi ko'rsatkich bo'yicha u UFC'dagi barcha jangchilarni ortda qoldirdi. Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tyago Santos ikkinchi, 2019 yilda doping testidan o'ta olmagan Ti Jey Dillashou esa uchinchi o'rinni egalladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p muxlisga ega jangchi esa o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Israel Adesanya deya elon qilindi. Sobiq UFC chempioni Brendon Moreno ikkinchi, Makgregor esa uchinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar