22 noy 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCdagi o'zbek Saidyoqub Qahramonov navbatdagi jangi uchun pullarni nima qilmoqchi ekanligini aytdi
15 yanvar kuni UFCdagi jangchimiz Saidyoqub Qahramonov amerikalik Brayan Kellexerga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Sportchimiz Tvitterdagi sahifasida ushbu jangdan oladigan pullarini hayriya qilishini aytdi.
"Alhamdulillah, Xudodan ota-onam uchun tinchlik, xotirjamlik va sog'lik so'ragandim, ammo ko'plab narsa oldim.
Kellexerni uxlatib qo'yganimdan so'ng, pullarimni exson qilaman. Men allaqachon g'olibman va baxtli bo'lishim uchun menga bu pullar kerak emas", - deb yozdi Saidyoqub.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar